“Bavariya” 47 yillik rekordni zabt etdi

25 okt 2020, 08:45
Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Bavariya” “Ayntraxt”ni (5:0) yirik hisobda taslim etdi.

Myunxenliklar Bundesliganing dastlabki besh turida 22 ta gol urishga erishdi.

Bungacha Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi 1973/74 yilgi mavsumda besh turda 20 ta gol urib, rekord o'rnatgandi.

Ayni paytda myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida “RB Leyptsig”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote