

29 yoshli Belgiya terma jamoasi a'zosi Mishi Batshuayi Turkiya chempionati vakili safiga ko'chib o'tganidan buyon muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatmoqda. So'nggi bor Angliya chempionatining "Kristal Pelas" jamoasida o'ynagan futbolchi joriy mavsumda 17 ta o'yinda 11 ta gol urdi.
Batshuayining "Fenerbaxche" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer qiymati 10 mln evroni tashkil etadi.



