Batshuayi "Chelsi"ga qaytadi, "Borussiya"ni narx qoniqtirmadi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2018, 10:50
"Chelsi"ning belgiyalik hujumchisi Mishi Batshuayi Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tmaydi.

Dortmundliklar futbolchini xarid qilishmaydigan bo'lishdi, chunki London klubi 24 yoshli belgiyalik uchun 40 mln. evro talab qildi.

Yanvar oyida "arilar" safiga o'tgan Batshuayi Germaniya chempionatining 10ta uchrashuvida 7ta gol urgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild