Batshuayi 490 kundan keyin APLda gol urdi

Mirjalol Normatov
24 fev 2019
Angliya chempionatining 27-turi doirasidagi "Lester" - "Kristal Pelas" uchrashuvi 1:4 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Mishi Batshuayi hisobni ochdi. 25 yoshli belgiyalik 490 kundan keyin APLdagi ilk golini urdi. U bundan oldingi so'nggi golini 2017 yilning 21 oktyabr kuni "Chelsi" tarkibida "Uotford" darvozasiga kiritgandi.

"Chelsi" o'z hujumchisini qishda "Kristal Pelas"ga ijaraga bergandi. Bunga qadar u "Valensiya" va Dortmundning "Borussiya"sida ham ijarada o'ynashga ulgurdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal