Bastian Shvaynshtayger samolyotdan tushishi bilan Myunxen to'prog'ini o'pdi

18 iyul 2014, 00:52
"Bavariya" jamoasi futbolchilari Berlindagi chempionlik sharafiga uyushtirilgan bayramdan so'ng Myunxenga qaytib kelishdi.

Bastian Shvaynshtayger, Filipp Lam, Tomas Myuller, Manuel Noyer Berlindagi bayram tadbirlari tugashi bilanoq Myunxen tomon otlanishdi. Samolyotdan tushgan Bastian Shvaynshtayger Myunxen to'prog'ini o'pdi.


"Seshanba kuni Berlinda deyarli yarim million futbol muxlislari katta bayram tantanalarida qatnashishdi. Berlinda aqlbovar qilmas muhitni tashkil qilib berishdi ishqibozlar. Eng yodda qolarli voqea bu Brandenburg darvozasi oldida bo'ldi. Odamlar bizni juda katta iliqlik va kutilmagan syurprizlar bilan kutib olishdi", - deydi Bastian Shvaynshtayger.


Manba: fcbayern.de