Bartomeu: "Messi faoliyatini "Barselona"da yakunlashini istaymiz"

Aslanov Jasurbek
20 dek 2016
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messi faoliyatini klubda yakunlashiga umid qilmoqda.

Oldinroq "Barselona" Messiga yillik maoshi 35 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qilishga tayyorligi e'lon qilingandi.

"Lionel Messi shu erda qolmoqchi, u "Barselona"da baxtli. Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, biz u faoliyatini "Barselona"da yakunlashini istaymiz" - deydi Bartomeu.

Messi va "Barselona" o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com