Bartomeu: "Faqat afsonaviy jamoalargina "Barselona"ning muvaffaqiyatlariga erishishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2018, 10:40
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa muxlislarini LaLigadagi chempionlik bilan qutladi.

"Barselona" muxlislarini tabriklayman! Biz dubl qayd etdik! 10 yil ichida 7 marta chempion bo'ldik. Muvaffaqiyatli eramizni davom ettiradigan yana bir sovrin. Faqat afsonaviy jamoalargina bunga erishishi mumkin" - deydi Bartomeu.

"Barselona" 25 marta Ispaniya chempioniga aylandi, bu borada eng yaxshi natija "Real"ga tegishli (33). Ernesto Valverde faoliyati davomida ilk marta LaLiga g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com