Bartomeu: "Barselona"ning birinchi davradagi natijasidan ko'nglim to'ldi"

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2015, 11:15
"Barselona" rahbariyati jamoaning 19ta turdan iborat birinchi davradagi o'yinlaridan ko'ngli to'ldi.

Bu haqda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ma'lum qildi.

"Jamoaning natijasidan ko'nglimiz to'ldi. "Barselona" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va oldinda ikkinchi davra bor. Bu mavsum bizga oson bo'lmaydi, chunki klubda yangi futbolchilar ko'p. Ammo murabbiylar shtabi yaxshi ishladi" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com