Bartomeu "Barselona" futbolchilaridan xafa

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018, 18:26
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu PSJ hujumchisi Neymarning Kataloniya klubiga qaytishiga ijobiy qaragan ispan grandi futbolchilaridan xafa.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa yetakchilari Neymarning qaytishini maqullaydi. Ularning orasida Lionel Messi, Ivan Rakitich va Filippe Koutino bor. Bartomeuning fikricha, braziliyalik jamoani noto'g'ri yo'l bilan tark etdi va klub prezidenti uning bu qilig'idan hali ham xafa.

Oldinroq, Neymar "Barselona" rahbariyatiga ko'k-anorranglilar safiga qaytmoqchi ekanligi aytgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE