"Barselona"ning yana bir futbolchisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017, 17:25
"Barselona" himoyachisi Andres Inesta "Selta"ga qarshi LaLiganing 14-tur uchrashuvida (2:2) jarohat oldi.

Andres Inesta 53-daqiqada almashtirildi. Tibbiy tekshiruvlar jarayonida futbolchining chap tovonida muammo borligini aniqladi.

Inestaning "Sporting"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida. Ushbu bahs 5 dekabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com