"Barselona"ning sobiq murabbiyi: "Kiyinish xonasida yig'lagandik"

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 11:58
"Barselona"ning sobiq murabbiyi Elvio Paolorossi 2014 yilda "o'g'irlangan chempionlik" haqida gapirdi.

O'sha mavsumda "Atletiko" va "Barselona" Primeroning so'nggi turida bahs olib borishgandi.

"Messi gol urdi va u bizga Ispaniya chempionligini berishi kerak edi. Ammo bosh hakam golni bekor qildi. Kiyinish xonasida yig'laganmiz. Bosh hakam kirib, bizdan kechirim so'ragandi. Og'ir yillar o'tgandi o'shanda", - dedi Paolorosso.

Elvio o'sha mavsumda Xerardo Martinoning yordamchisi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca