“Barselona”ning ochiq mashg'ulotida Messi yangicha qiyofada namoyon bo'ldi

12 may 2019, 08:00
“Barselona” futbolchilari YCHL bahslarini tark etganidan keyin ilk bor ochiq mashg'ulotlarni o'tkazdi.

Ko'k-anorranglilar hujumchisi va sardori Lionel Messi jurnalistlar qarshisida o'zgacha qiyofada namoyon bo'ldi: u soqolini butkul olib tashlagan va g'amgin qiyofada edi. Kataloniyalik futbolchilarning katta qismi jiddiy qiyofada, ortiqcha hazil-huzillarsiz mashg'ulot o'tkazishdi.

Jamoa garchi YCHL bahslarini tark etgan bo'lsada, Ispaniyada muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Valverde shogirdlari mamlakat kubogi finalida “Valensiya” bilan kuch sinashishadi. Ushbu bellashuv 25 may kuni Sevilyadagi “Benito Vilyamarin” stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.сom