"Barselona"ning YCHL doirasidagi navbatdagi uy uchrashuvi qayerda o'tishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
3 okt 2025, 14:26
"Barselona"ning o'z uy stadioni "Kamp Nou"ga qaytishi mavzusi haqiqiy serialga aylandi.

Kataloniya klubi har qancha urinmasin, shu paytgacha buni ijobiy tusga olib kira olmadi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, Xansi Flik shogirdlari Chempionlar Ligasi doirasidagi navbatdagi o'yinni 21 oktyabr kuni "Olimpiakos"ga qarshi PSJ bilan bo'lgani kabi "Monjuik" stadionida o'tkazadi.

UEFA qoidalari pley-off bosqichi boshlanishidan oldin stadionlarni o'zgartirishni taqiqlaydi, ammo "Barselona" istisno qilinishidan umidvor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic