"Barselona"dan navbatdagi rekord!

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2017, 23:43
Yaqin yillar ichida ko'plab rekordlarni yangilab kelayotgan kataloniyaliklarning to'xtash niyati yo'q.

Dastlabki turda kataloniya klubi o'z uyida "Betis"ni qabul qilib 2:0 hisobida zafar quchgandi. 

Ikkinchi tur doirasida esa mehmondagi "Alaves" bilan o'yin taqdirini Leo Messi yakka o'zi hal qildi va uchrashuv 2:0 hisobida "Barselona" foydasiga hal bo'ldi, argentinalik esa dublga erishdi.

E'tiborlisi shundaki, "Barselona" - La Ligi tarixidagi, 6 yil davomida chempionatning dastlabki ikki turini g'alaba bilan boshlagan, yagona jamoa.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia