"Barselona"dagi yig'ilishda kutilmagan holatlar ro'y berdi

Mirjalol Normatov
26 avg 2020, 01:12
"Barselona" klubidagi direktorlar yig'ilishi yakuniga etdi.

Qayd etilishicha, ayrim direktorlar prezident Jozep Bartomeu manzili tomon ishonchsizlik votumi tayyorlashni aytishgan. Ayrimlari esa o'sha joyning o'zida o'zlarining ixtiyorlari bilan iste'foga chiqib ketishgan.

Yig'ilishda esa Bartomeu hujumchi Messining istagan joyiga ketaverishini, u forvardni klubda arqon bog'lab ushlab turmaganini aytgan.

Direktorlar kengashi Bartomeuning ketishi orqali Messini klubda olib qolish mumkinligini o'ylamoqda. Jurnalistlarning tvittyerda yozishicha, Messi Bartomeu bilan ishlamoqchi emas. Lekin prezidentning almashishi ham Messining klubdan ketishiga halaqit qilmasligi mumkin.

Shu orqali direktorlar kengashida barcha gap so'zlar ochiq qolib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana