"Barselona"da mavsum boshlanmay turib ikkinchi yo'qotish

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2024
"Barselona" rasmiy saytining xabar berishicha, klub bo'lajak mavsum starti oldidan ikkinchi o'yinchini yo'qotmoqda.

Oldinroq Kopa Amerika-2024ning chorak finalida Braziliyaga qarshi bahsda jarohat olgan Ronald Arauxoning tizzasi operaciya qilinishi sabab safdan chiqqani xabar qilingan edi.

Rasman: Barselona yetakchisi operaciya qilinadi. U yil so'nggida safga qaytishi mumkin

Kataloniyaliklarning kechagi mashg'ulotida "La Masiya" tarbiyalanuvchisi Pablo Torre qo'lini sindirib olgan. 21 yoshli markaziy yarim himoyachi mashg'ulot payti erga noqulay yiqilgan va mashg'ulotni erta tugatishga majbur bo'lgan. Shifokorlar unga chap qo'l beshinchi panja suyagining sinishi tashxisini qo'yishdi. Endi Torre ham operaciya qilinadi va shundan keyingina shifokorlarning uning qachon safga qaytishini belgilashadi.

Eslatib o'tamiz, Pablo o'tgan mavsumni ijara asosida "Jirona"da o'tkazgan. U erda Torre barcha musobaqalarda 29ta o'yin o'tkazgan va bitta gol urib, ikkita assist qayd etgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbarcelona.com