"Barselona" "Zenit" himoyachisini ijaraga olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 okt 2018, 15:58
"Barselona" rahbariyati "Zenit" futbolchisi Branislav Ivanovich bilan himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi 34 yoshli futbolchini yanvarda ijaraga olmoqchi.

Ko'k-anorranglilar maydonga tusha oladigan himoyachilar kamligidan havotirda, chunki Samuel Yumtiti va Tomas Vermalen jarohat tufayli bir necha haftaga safdan chiqqan.

Oldinroq, "Barselona" qishki transfer oynasida "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld uchun kurashishi e'lon qilingan edi.

Ivanovich joriy mavsum "Zenit" safida RPLning 10tauchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo