Branislav Ivanovich APLga qaytayotgani tasdiqlandi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2020
“Zenit” bilan shartnomasi yakunlangan serbiyalik himoyachi Angliyaga qaytmoqda.

Jurnalist Simon Stounning xabar berishicha, “Vest Bromvich” bosh murabbiyi Slaven Bilich Branislav jamoa a'zosiga aylanishini tasdiqlagan. Kelishuv kecha imzolangan edi, ammo rasmiy xabar yaqin orada e'lon qilinishi ko'zda tutilgan.

Ivanovich 2017 yilning yozidan beri “Zenit” sharafini himoya etib kelayotgandi. “Vest Bromvich” esa Chempionshipning o'tgan mavsumida 2-o'rinni egallab, APLga qaytishga erishgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru