"Barselona" "Yuventus"ga qarshi o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2021, 20:18
Kubok doirasidagi uchrashuv sanasi ma'lum bo'ldi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi 8 avgust kuni Gamper Kubogi uchun "Yuventus"ga qarshi o'ynaydi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Kataloniya klubining Joan Gamper kubogidagi raqibi aniqlandi. "Ko'kanorranglilar" 8 avgust kuni "Kamp Nou" stadionida Turinning "Yuventus" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Unda erkaklar jamoalaridan tashqari, ayollar jamoalari ham kubok uchun kurash olib boradilar.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili ham "Barselona" Gamper kubogi doirasida "Yuventus"ni qabul qilgan va 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com