“Barselona”, “Yuventus” va PSJ Lallanaga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2017, 22:45
“Liverpul” yarim himoyachisi Adam Lallana bir qator grand klublar e'tiborida.

U bilan “Barselona”, “Yuventus” va PSJ qiziqmoqda. Agar futbolchi “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirmasa, ushbu klublar uning transferi borasida mersisaydliklarga murojaat qilishmoqchi.

Yarim himoyachining mersisaydliklar bilan tuzadigan yangi shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi. Ushbu jarayon bilan bog'liq muzokaralar yaqin oylarda boshlanishi kutilmoqda.

Ilgariroq futbolchining o'zi “Liverpul”da uzoq vaqt qolish niyatida ekanligini ma'lum qilgandi. Lekin Lallananning shartnomasini uzaytirishi mersisaydliklarning Chempionlar ligasiga yo'llanma olishiga bog'liq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times