"Barselona" "Yuventus" bilan futbolchi alishmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
17 avg 2021, 13:49
Italiyaning Tuttomercatoweb nashri yozishicha, "Barselona" "Yuventus"ning shvetsiyalik yarim himoyachisi Deyan Kulusevski bilan shartnoma imzolash niyatida.

"Barselona" moliyaviy jihatdan muammolarga duch kelgani va hozirda katta transferlarga qo'l ura olmasligi hech kimga sir emas.  

Shu sabab, kataloniyaliklar kelishuvga Usmon Dembeleni qo'shishmoqchi. Hozirda fransiyalik futbolchi jarohat sabab "ko'k-anorranglilar"ga yordam bera olmayapti.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru