"Barselona" yozgi transfer oynasida yarim himoyachisini sotadi

Sherzod Nurmatov
24 apr 2024, 13:51
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.



Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi niderlandiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. "Barselona" yarim himoyachi uchun 60-70 million evro olishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, de Yongning o'zi "ko'k-anorranglilar" safida qolishni istaydi.

De Yongning "Barselona" bilan amaldagi bitimi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo