“Barselona” yozda Xarri Keynni sotib olishi mumkin

3 noya 2018, 09:25
Kataloniya klubi urugvaylik Luis Suaresga o'rinbosar borasida bir qarorga keldi.

Yozda “Barselona” “Tottenxem” forvardi Xarri Keynni sotib olishga harakat qilib ko'radi. London klubi jamoa yetakchisi uchun ayni damda 175 mln evro atrofida mablag' so'ramoqda. Kataloniyaliklar esa bu transferni Usmon Dembeleni sotish orqali qoplashga harakat qilib ko'radi.

Shuningdek, jamoa zaxira variantlari sifatida “Leyptsig” hujumchisi Timo Verner hamda “Ayaks” forvardi Kasper Dolbergni ham kuzatib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo