"Barselona" yozda Nevesh bilan shartnoma imzolashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2022, 08:57
"Barselona" kelasi yozda "Vulverxempton" futbolchisi Ruben Neveshni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar shu yozda futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishgan. Lekin moliyaviy imkoniyatlar sabab aniq qarorga kelinmagan. 

Neveshning o'zi ham "Barsa"da o'ynashga qarshi emas. 

Shuningdek, portugaliyalik futbolchiga APLning yetakchilari - MYU va "Liverpul" tomonidan qiziqish bildirilgan. Biroq, futbolchi "Barselona"ni kutayotgani uchun yuqoridagi ikki klubga rad javobini bergan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sport.es