"Barselona" yozda Grizmanni sotishga tayyor

Alisher
15 may 2021, 10:38
Hujumchi Antuan Grizmann yozgi transfer oynasida "Barselona"dan ketishi mumkin.

Ispan klubi agar 30 yoshli francuz uchun yaxshi taklif kelib tushsa, uni sotib yuborishga tayyor.

Grizmann joriy mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 12ta assist qayd etdi.

Antuanning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato