“Barselona” yaqin soatlar ichida “Real Sosedad” darvozaboni Bravoni sotib oladi

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2014, 15:31
“Barselona” va “Real Sosedad” Klaudio Bravo transferi haqida kelishib olishdi.
Yaqin soatlar ichida davozabon kataloniya klubi a'zosiga aylanadi. Bu transfer narxi 12 million evroni tashkil qilishi kutilyapti.

“Barselona” keyingi mavsum yutuqlarga erishsa transfer narxi 13 million evroga oshishi mumkin.

Bravo “Real Sosedad” safida sakkiz yildan beri to'p tepib kelmoqda. Ispaniya chempionatiga qadar darvozabon Chilining “Kolo-Kolo” jamoasida faoliyat olib borgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com