"Barselona" yanvar oyida Sterlingni ijaraga olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021, 00:23
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rahim Sterling qishki transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, ingliz futbolchisi qishki transfer mavsumida "ko'k-anorranglilar"ning asosiy nishonida turibdi. Klub mavsum oxirida sotib olish sharti bilan futbolchini ijaraga olishi mumkin.

26 yoshli futbolchining o'zi ham faoliyati "Barselona"da davom ettirmoqchi.

Qolaversa, Sterlingning "Barsa"ga o'tishi francuz vingeri Usmon Dembelening kelajagi bilan bog'liq. Hozirda futbolchi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma'lum bo'lishicha, "Manchester Siti" Sterling uchun 80 million evro talab qilmoqda.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi APLning 8 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport