"Barselona" yana maoshlarni qisqartirmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2022
"Barselona"ning iqtisodiy masalalar bo'yicha vice-prezidenti Eduard Romeu klub oldidagi rejalar haqida gapirdi.

"Vaziyat qiyin, ammo o'tgan yilgidek emas. Zarar masshtabi va yuzaga kelgan balans kamchiligini bilamiz. Bizda vaziyatni to'g'irlab, qisqa vaqt ichida ijobiy holatga erishish imkoniyatlari bor. Yilgi daromad bilan yopishimiz kerak. Maoshlar fondini yana 160 millionga qisqartiramiz. Bu orqali 400 millionlik darajani ushlab qolamiz. 

Bu - jamoa murabbiylar shtabi qo'l ostida barcha turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishi uchun etarli raqamlar", - dedi "Barsa" vice-prezidenti. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca