"Barselona" Xoland uchun kurashdan chiqdi

Alisher
19 may 2021
"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolash g'oyasidan voz kechdi.

Kataloniyaliklar o'yinchining yuqori narxi tufayli kurashdan chiqishdi, sababi hozirda klubning maqsadi jamoa sardori Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish.

"Borussiya" Xoland uchun 150 million evro talab qilmoqda. 

"Ko'k-anorranglilar" esa koronavirus pandemiyasi fonida moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: TV3