"Barselona" xarid qilish kyerak bo'lgan bir variantdan voz kechdi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 12:43
"Barselona" rahbariyati "Yuventus" forvardi Paulo Dibalaga boshqa da'vogarlik qilmaydi.

Kataloniyaliklar sport direktori Robyert Fyernandesning fikricha, Dibala Lionel Messi bilan birga o'ynab keta olmaydi.

"Barselona"ning barcha rahbarlari ham Fyernandesning fikriga qo'shilgani yo'q, biroq ko'k-anorranglilar kamida shu transfyer oynasida Dibalani xarid qilmaydi. Oldinroq "Barselona" 23 yoshli forvardni Neymar o'rniga olib kelmoqchi edi.

Dibala va "Yuventus" o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo