"Barselona" Xalqaro chempionlar kubogidagi ishtiroki uchun 14 mln. evro oladi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017, 12:19
"Barselona" yozda bo'lib o'tadigan Xalqaro chempionlar kubogida ishtirok etgani uchun 14 mln. evro oladi.

Bu mablag' Kataloniya klubining mavsumoldi tayyorgarliklarida ishlagan rekord daromad hisoblanadi.

Ernesto Valverde shogirdlari turnirda "Yuventus" (22 iyul), "Manchester Yunayted (26 iyul) va "Real" (29 iyul) bilan o'ynaydi. "Real"ga qarshi bahs uchun Kataloniya klubi 6 mln. evro, qolganlari uchun esa 4 mln. evrodan oladi.

Shunday qilib, tarixda ilk marotaba ispan klasikosi AQSHda bo'labi o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo