"Barselona" Vageni APLga qo'yib yubormadi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Barselona" rahbariyati himoyachi Mussa Vageni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.

"Goal" xabariga ko'ra, 21 yoshli senegallikning xizmatlariga APLdan "Chelsi", "Vest Xem" va "Arsenal" kabi klublar qiziqish bildirgan. Biroq "ko'k-anorranglilar" rahbariyati futbolchini sotib yuborishni istamagan.

Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.  Ushbu mavsumda Vage asosiy jamoa tarkibida 3 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal