"Barselona" uch futbolchi uchun 200 mln evro ajratmoqchi

Mirjalol Normatov
15 okt 2018, 18:56
"Barselona" uch futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun 200 mln evro sarflashga tayyor.

"Football Espana" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qishki transferlar oynasi vaqtida katta o'zgarishlar qilishmoqchi.

Unga ko'ra, "Barselona" "Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt va uning jamoadoshi Frenki De Yongni olib kelish uchun 130 mln evro sarlashmoqchi. Shuningdek, "Jenoa" hujumchisi Kshishtof Pentek ham jamoaning nishonida. Ular polshalik uchun 60-70 mln evrodan voz kechishga tayyor turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana