"Barselona" Traorening o'rniga boshqa futbolchisini bermoqchi

Оқил Абдубарноев
4 may 2022, 21:32
"Barselona" "Vulverxempton"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Adama Traoreni saqlab qolishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Fabricio Romano.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi almashinuv ko'rinishidagi kelishuvga rozi bo'lgan. "Barselona" "Vulverxempton"ga pul to'lashga tayyor emas, ammo vinger evaziga o'z o'yinchilaridan birini Angliya jamoasiga yuborishi mumkin.

Avvalroq "Barselona" 26 yoshli Traoreni 30 million evroga sotib olishni rejalashtirmagani haqida xabar berilgandi.

"Barselona" yanvar oyi oxirida Traoreni "Vulverxempton"dan ijaraga olgandi. Futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchini 28 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano