"Barselona" Tilemansga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
12 okt 2022
"Lester" yarim himoyachisi de Yong ketsa, tekinga qo'lga kiritilishi mumkin.

"Barselona" Frenki de Yongga o'rinbosar topdi.

Kataloniya klubi "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 25 yoshli belgiyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelishmoqda. Kataloniya klubi uni Frenki de Yongning o'rniga ideal o'rinbosar sifatida ko'rishadi.

"Barselona" De Yongni katta summaga sotib, sifatli o'yinchi bilan bepul shartnoma imzolamoqchi. Tilemansning kelishuvi kelasi yozda tugaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport