"Barselona" Tigrino borasida to'liq kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2023, 22:15
Braziliyaning "Atletiko Paranaense" hujumchisi Viktor Roke tez orada "Barselona" futbolchisi sifatida e'lon qilinadi.

Kataloniya klubi Tigrino laqabi bilan mashhur bo'lgan 18 yoshli forvard borasida "Atletiko Paranaense" bilan to'liq kelishuvga erishgan.

Transfer 30 mln. evro evaziga amalga oshadi. Agar futbolchi kelajakda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, Kataloniya klubi braziliyaliklarga yana 30 mln. evro to'lab beradi.

Shartnom 2030 yilgacha imzolanadi va futbolchi 2024 yilning yanvarida "Barselona" safiga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano