"Barselona" tarixiy rekord o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
"Barselona" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik" Bilbaoni 5:0 hisobida tor-mor etdi va bu natija turnir tarixiga kirdi.

"Opta" ma'lumotlariga ko'ra, ushbu g'alaba Ispaniya Superkubogi tashkil etilganidan beri eng yirik hisobdagi g'alaba sifatida tarixga muhrlandi.

Basklar darvozasiga gollarni Ferran Torres, Fermin Lopes, Runi Barji urdi, Rafinya esa dubl muallifi bo'ldi.

Yarim finalning ikkinchi juftligida esa 8 yanvardan 9 yanvarga o'tar kechasi "Atletiko" va "Real" o'zaro to'qnash keladi.

Ayni paytda Ispaniya Superkubogining amaldagi sohibi ham "Barselona" hisoblanadi. 2025 yilgi turnir finalida kataloniyaliklar "Real"ni 5:2 hisobida mag'lub etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta