

"AS" nashrining xabariga ko'ra, kataloniyaliklardan tashqari, Yevropaning bir qator top-klublari ham futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Masalan, "Real" yosh futbolchini shu yozda Madrid klubini tark etishi kutilayotgan Marseloga o'rinbosar sifatida ko'ryapti.
Manbaga ko'ra, aynan "Barselona" portugaliyalik uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, "Barsa" endi Xunior Firpoga ishonmaydi va uning o'rniga Mendeshni sotib olmoqchi.

Ma'lumot uchun, yosh iqtidor egasi kecha terma jamoadan birinchi chaqiruvini oldi. OAVning takidlashicha, himoyachini "Manchester Siti", "Liverpul", "Yuventus" va "Milan" skautlari ham kuzatmoqda.
Mendesh ushbu mavsumda Portugaliya chempionatida 19 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma qayd qildi.



