"Barselona" so'nggi uch mavsum 5-turda g'alaba qozona olmagan

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 16:05
Bugun "Barselona" LaLiganing 5-tur uchrashuvlari doirasida "Eybar"ni qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan tunga 01:00da start oladi.

Kataloniya klubi so'nggi uch mavsumda LaLiganing 5-turida g'alaba qozona olmay kelmoqda.

2014/15: "Malaga" - "Barselona" 0:0
2015/16: "Selta" - "Barselona" 4:1
2016/17: "Barselona" - "Atletik" 1:1

Bu mavsumlarda "Barselona"ni Luis Enrike boshqargan edi. Kataloniyaliklarning yangi ustozi Ernesto Valverde ushbu ananani yo'qqa chiqara oladimi?

"Barselona" yangiliklari bo'limi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia