"Barselona" sobiq futbolchisi o'z faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2021, 22:24
Argentinalik futbolchi Maksi Lopes faoliyatini yakunladi.

"Orzuyimni amalga oshirishda yordam berganingiz uchun barchangizdan minnatdorman. Bu ajoyib sarguzasht bo'ldi", -deb yozadi Maksi Lopes.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Maksi Lopes faoliyatini "River Pleyt"da boshlagan. "Barsa" bilan bir marta CHL, ikki marta La Liga va Superkubokni qo'lga kiritgan. Lopes yana "Milan" "Udineze" "Krotone" "Sampdoriya" kabi klublarda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia