Maksi Lopes: "Ikardi bilan oramizda muammolar yo'q"

Mirjalol Normatov
16 okt 2019, 22:25
"Krotone" hujumchisi Maksi Lopes PSJdagi hamkasbi Mauro Ikardi borasidagi fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchilar 2013 yilda Vanda Nara tufayli janjallashib qolishgandi.

Model aslida Lopesning rafiqasi edi va keyinchalik u Ikardini tanladi. O'sha paytda futbolchilar yaqin do'st bo'lishgandi.

"Ikardini kechirganman. Mening maqsadim - bolalarimga baxt ulashish. Qolgan ishlar esa o'tmishda qolib ketdi. Hayotimdagi ushbu sahifani yopib yuborganimga ancha vaqt bo'ldi va bu meni boshqa o'ylantirmaydi", - dedi Lopes.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia