"Barselona" Shvetsiya termasining 17 yoshli futbolchisini tarkibiga qo'shib oladi

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2024, 16:23
"Barselona" "Yurgorden" va Shvetsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas Berguollning transferi borasida kelishib olishga yaqin turibdi.

Kataloniyaliklar futbolchi uchun 7 million evro va bonus sifatida 3 million evro to'laydi. Shartnoma shu hafta rasmiylashtiriladi, lekin 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.

Berguoll Shvetsiya chempionati va kubogining so'nggi mavsumida 28 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan. Transfermarkt portali 17 yoshli markaziy yarim himoyachini 5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano