"Barselona" Serxi Robertoni bir shart bilan saqlab qolishga tayyor

Alisher
10 fev 2022, 13:57
Shartnomasi yarim yildan so'ng yakunlanadigan yarim himoyachi Serxi Roberto hali ham yangi bitim borasida "Barselona" bilan kelishuvga erishmadi.

Futbolchi agar klub shartlarini qabul qilsa, "Kamp Nou"da qolishi mumkin. "Ko'k-anorranglilar" u bilan hozirgi maoshi 50%ga qisqargan holatda yangi mehnat shartnomasi imzolashga tayyorlar.

Serxi ayni damda sonidan olingan jarohat tufayli o'tkazilgan operaciyadan tiklanmoqda.

Roberto - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi bosh jamoada 2013 yildan beri harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca