"Barselona" Serji Roberto bilan muzokaralarni to'xtatdi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021
"Barselona" rahbariyati Serji Roberto bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni to'xtatgan.

Himoyachining agenti bu ma'lumotni tasdiqladi, lekin tomonlar istalgan vaqtda muzokarani davom ettirishlari mumkinligini aytdi.

Kataloniya klubi hozircha Roberto bilan muzokaralarga qaytishni rejalashtirmayapti. Eslatib o'tamiz, Serjining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakunlanadi.

Avvalroq ispaniyalik himoyachi yangi shartnomasida maoshini kamaytirishga rozi bo'lgani haqida xabar berilgandi.

La Liganing 7-turidan so'ng "ko'k-anorranglilar" 12 ochkoga ega bo'lgan holda to'qqizinchi o'rinda bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo