"Barselona" - "Selta". Kataloniya klubining yetakchilari o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
3 may 2019, 11:10
"Barselona" LaLiganing 36-turida "Selta"ga qarshi o'ynaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubining yetakchi futbolchilari "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuviga tayyorlanishi tufayli ular shanba kunga bahsda ishtirok etishmaydi.

Lionel Messi bahsda maydonga tushmasligi aniq. Birinchi jamoaning mashg'ulotlarida quyidagi yoshlar ishtirok etishdi: Inyaki Penya, Mussa Vage, Oriol Buskets, Aleks Kollado, Riki Puch, Karles Peres va Abel Ruis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana