"Barselona" Roberto bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

Alisher
4 okt 2021, 18:24
Himoyachi Serji Roberto "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Muzokaralar to'xtab qoldi, u tez orada davom ettirilmaydi.

29 yoshli futbolchining agenti Jozep Mariya Orobitgning tasdiqlashicha, hozirda tomonlar rostdan ham shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni to'xtatishdi, ammo, uning so'zlariga ko'ra, u har qanday vaqtda davom ettirilishi mumkin.

Robertoning "Barsa" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo