

Kataloniya klubi yozda kanadalik himoyachini qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Ular Alfonso Devisning agenti talab qilayotgan summani berishga tayyor. Kanadalik futbolchining agenti Barselonaga o'tish uchun 30 million bonus va yiliga 12 million evro talab qilgan. Tomonlar muzokaralarni olib borishmoqda.
Ma'lumot uchun, Alfonso Devis Bavariya safida 2019 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Himoyachi joriy mavsum 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va yana 3 ta golga assist qayd etdi.




