“Barselona” – “Real” uchrashuvi boshlanishi vaqti ma'lum bo'ldi

29 dek 2017, 22:45
2017/18 yilgi mavsumning ikkinchi “el klassiko”si boshlanishi vaqti ma'lum bo'ldi.

Sport.es nashrining xabariga ko'ra, La Liga 36-turidan o'rin olgan “Barselona”-“Real” bellashuvi 2018 yilning 6 may kuni o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, birinchi davrada mazkur jamoalar o'rtasida Madridda bo'lib o'tgan ilk o'yinda “Barsa” yirik 3:0 hisobida zafar quchgan.

Ayni paytda La Liga turnir jadvalida “Barselona” asosiy raqibidan bitta ko'p o'yin o'tkazgan holda ulardan 14 ochko ilgarilab ketgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.es