
Matias Tayti Ferenc Pushkash akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ushbu futbolchi "Real" o'rinbosarlari tarkibida mashg'ulotlar olib borgan va bir marta maydonga tushishga ham ulgurgan edi. Kataloniya klubi bu futbolchi bilan uch yillik bitimga imzo chekkan. Shartnoma avgust oyidan boshlab kuchga kiradi.