"Barselona" prezidenti: "Ronaldu? Hech narsani inkor qilmayman"

Оқил Абдубарноев
6 iyul 2022
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan kechki ovqatni birga tanovul qilganini tasdiqladi, ammo muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Oldinroq OAVda uchrashuv davomida portugaliyalik forvardning Kataloniya klubiga o'tishi mumkinligi muhokama qilingani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Bungacha Ronaldu "Manchester Yunayted" rahbariyatidan tegishli taklif tushsa, boshqa jamoaga qo'yib yuborishini so'ragani to'g'risida xabar qilingandi.

"Mendesh bilan birga tushlik qilganim rost, hech narsani inkor eta olmayman, bu bizning manfaatlarimizga to'g'ri kelmaydi. Mendesh menga nimani taklif qilganini aytolmayman. U bilan suhbatlashish har doim qiziq, chunki u transfer bozoridagi holatni yaxshi biladi, - deydi Laporta.

Ronaldu "Manchester Yunayted"ning dushanba kuni boshlangan mavsumoldi mashg'ulotlarida qatnashmadi. 37 yoshli futbolchi bunga "oilaviy sharoit" sabab bo'lganini ta'kidladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As